» » “Arsenal” Manchesterda “Siti”dan, “Yunayted” Londonda “Chelsi”dan mag‘lub bo‘ldi

“Arsenal” Manchesterda “Siti”dan, “Yunayted” Londonda “Chelsi”dan mag‘lub bo‘ldi


Angliya Premyer-Ligasining 11-turidan keyin Londonning “Tottenhem” klubi “Yunayted” bilan tenglashib oldi. Gvardiola boshqaruvidagi “Siti” esa bu ikki klubdan 8 ochkoga o‘zib ketdi.

11-tur doirasidan 2 ta markaziy o‘yin joy olgandi. Bungacha biror marta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan “Manchester Siti” futbolchilari “Arsenal”ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa 11 ta o‘yinning 10 tasida g‘olib chiqqan “shaharliklar” ta’qibchilaridan o‘zib ketishda davom etdi. Endi “Siti” kamida 2 ta tur davomida peshqadamligini saqlab tura oladi.

Manchesterning boshqa bir vakili “Yunayted” esa Londonda “Chelsi”ga imkoniyatni boy berdi. Joze Mourinyoning sobiq jamoasiga qarshi bellashuvda mavsum xaridlaridan biri bo‘lgan Alvaro Morata o‘zini ko‘rsatdi. Yil avvalida Morata yoki Lukakudan birini tanlashi kerak bo‘lgan Joze belgiyalik futbolchi variantida to‘xtalgandi. Uning jamoasini esa aynan Morata jazoladi. Ayni paytda har ikki futbolchi hisobida 7 tadan gol bor.

London derbisida zafar quchgan “Tottenhem” mazkur turdan keyin “Yunayted” bilan tenglashib oldi. “Everton” futbolchilari esa turning eng irodali jamoasiga aylanib, 0:2 hisobini 3:2 ga o‘zgartira oldi.

Angliya Premyer-Ligasi

11-tur bellashuvlari

5-noyabr, yakshanba

Gol: Son Xyon Min, 64 (1:0).

Gollar: Kevin de Bryuyne, 19 (1:0). Serxio Aguero, 50-pen (2:0). Aleksandr Lyakazett, 65 (2:1). Gabriel Jezus, 74 (3:1).

Gollar: Risharlison, 46 (0:1). Kristian Kabasele, 64 (0:2). Baye Umar Nyass, 67 (1:2). Dominik Kalvert-Levin, 74 (2:2). Leyton Beyns, 90-pen (3:2).

Gol: Alvaro Morata, 55 (1:0).

Опубликовано: admin (6-11-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют