» » OAV: Suriya qo‘shinlari IShIDning Iroq chegarasida joylashgan so‘nggi tayanch nuqtasiga yaqinlashmoqda

OAV: Suriya qo‘shinlari IShIDning Iroq chegarasida joylashgan so‘nggi tayanch nuqtasiga yaqinlashmoqda


Suriya armiyasining askarlari va shia ko‘ngilli askarlari Bu-Kemal shahridan 30 kilometr janubda joylashgan Iroq chegarasiga — IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari joylashgan so‘nggi tayanch nuqtaga yetib bordi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shinlar chegara hududida joylashgan Akkash neft koniga yaqinlashmoqda. Avvalroq, ular “T-2” neft nasoslari stansiyasini egallagan edi.

Iroq harbiy-havo kuchlarining vertolyotlari Bu-Kemal shahriga yaqinlashayotgan Suriya qismlariga yordam ko‘rsatmoqda. Iroq armiyasi tomonida turib kurashayotgan “Al-Xashd ash-Shaabiy” bo‘linmasi terrorchilar guruhini o‘qqa tutib, ularning Iroq hududiga berkinishiga yo‘l qo‘ymayapti.

3-noyabr kuni Iroqdagi kuchlar Suriya bilan chegaradosh, Bu-Kemal qarshisida joylashgan Al-Qaim shahrini ozod etgan edi. Hozirda ular IShIDning Rava shahridagi tayanch nuqtasiga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют