» » AQShda Everlasting Love qo‘shig‘ining ilk ijrochisi Robert Nayt olamdan o‘tdi

AQShda Everlasting Love qo‘shig‘ining ilk ijrochisi Robert Nayt olamdan o‘tdi


AQShda 72 yoshida soul va pop ijrochisi Robert Nayt vafot etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Nayt “uzoq davom etmagan xastalik” tufayli olamdan o‘tdi. Boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmadi.

Robert Nayt (haqiqiy ismi-sharifi Robert Pibls) 1945-yilda Tennesi shtatining Franklin shahrida dunyoga keldi. Fairlanes guruhi tarkibida faoliyat olib bordi va Paramounts yetakchisi bo‘lgandi.

Xonanda 1967-yili matnlar muallifi Baz Keyson bilan tanishdi va birgalikda o‘zining ilk yakka ijrodagi albomi ustida ish boshladi. Mazkur albomga Everlasting Love qo‘shig‘i ham kirgandi. Tarona o‘sha yilning o‘zida Billboard jurnalining “100 ta eng mashhur qo‘shiq” reytingidan o‘rin oldi.

Ushbu qo‘shiqni keyinchalik ko‘plab taniqli xonandalar va guruhlar, jumladan, U2 va Love Affair qayta ijro etgandi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют