» » Tramp Rossiya va Xitoyni KXDR bilan aloqalarni qisqartirishga chaqirdi

Tramp Rossiya va Xitoyni KXDR bilan aloqalarni qisqartirishga chaqirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya parlamentidagi chiqishi chog‘ida Rossiya va Xitoyni KXDR bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni qisqartirishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Biz har bir mamlakat, jumladan, Rossiya va Xitoyni BMT rezolyutsiyasiga to‘liq amal qilishga chaqiramiz. Mazkur tuzum bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirishga da’vat etamiz. Shuningdek, savdo va texnologiyalar almashinuvi borasidagi munosabatlarni ham”, — dedi Tramp.

AQSh prezidentining Janubiy Koreya parlamentidagi chiqishidan avval zaldan qo‘lida plakat ko‘tarib olgan erkak olib chiqilgani ma’lum qilindi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют