» » Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qirg‘iziston delegatsiyasi O‘zbekistonga Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.

Turli darajalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston aloqalarining davomi sifatida bo‘lib o‘tgan suhbatda Bishkek va Toshkent shahlarida O‘zbekiston va Qizg‘iziston prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga oid ayrim masalalar va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют