» » Suriya hukumati Dayr-az-Zor viloyati IShIDdan to‘liq ozod etilganini ma’lum qildi

Suriya hukumati Dayr-az-Zor viloyati IShIDdan to‘liq ozod etilganini ma’lum qildi


Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida IShID nazorati ostida qolgan so‘nggi shahar — Abu-Kamol Suriya hukumat qo‘shinlari va ularning ittifoqdoshlari tomonidan egallab olindi. Bu haqda Reuters prezident Bashar Asad armiyasi qo‘mondonligiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Hukumat kuchlari Livanning “Hizbullo” guruhi va Rossiya harbiy-kosmik kuchlari ko‘magida bir oydan ortiq vaqt davomida olib borgan hujumlari shunday yakun topdi. AQSh rahbarligidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Suriya demokratik kuchlari ham parallel tazrda o‘z hujumlarini olib bordi.

Dayr-az-Zorning olinishi Asad uchun Suriyaning sharqiy qismi ustidan nazorat tiklanganligini bildiradi. IShID jangarilari Suriyaning g‘arbiy Xama viloyatining bir qismini o‘z qo‘li ostida tutib turmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют