» » Bruney sultoni xalqaro sammitga samolyotini shaxsan boshqarib keldi (foto)

Bruney sultoni xalqaro sammitga samolyotini shaxsan boshqarib keldi (foto)


Bruneyning 71 yoshli sultoni Hassanal Bolkiax Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga o‘z reaktiv samolyotini shaxsan boshqarib keldi. Bu haqda, forum tashkilotchilariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Janubi-Sharqiy Osiyoning eng boy mamlakati hukmdori A-340-200 avialaynerini ekipaj komandiri sifatida boshqardi va yomg‘ir sharoitlarida uni Danang aeroportida qo‘ndirdi.

Monarx havo kemasini 100 million dollarga xarid qilib, uni modernizatsiya qilish va bezashga yana shuncha mablag‘ sarfladi. Natijada layner uchar qasrga aylanib qoldi — uning saloni tilla bilan zeb berilgan mehmonxona, yotoqxona va vannani o‘z ichiga oladi.

Hassanal Bolkiax, shuningdek, kamyob avtomobillar to‘plovchisi sifatida mashhur — unda bir necha ming qimmatbaho mashinalar bor.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют