» » Martabangiz oshishiga xalal beruvchi mayda-chuydalar

Martabangiz oshishiga xalal beruvchi mayda-chuydalar


Siz o‘z ishingizni yaxshi bilasiz va xushmuomalasiz, ish tajribangiz katta va yaxshi obro‘ga egasiz. Unda nima uchun martabangiz oshmayapti? Chunki hamma narsani buzadigan mayda-chuydalar bor.

Boshlig‘ingizga smayliklar yuborasiz

Rahbariyat bilan so‘zlashuvlarda umumiy odob normalariga rioya qiling: norasmiy vaziyatlarda qanchalik iliq gaplashsangiz ham, ishda baribir rasmiylikni saqlash muhimdir. Smayliklarni esa dugonalaringiz uchun qoldiring.

O‘zingizni oqlaysiz

Sizga tanbeh berishdi, siz esa nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirishga urinasiz. Ishoning, sizning xatolaringizning sababi hech kimni qiziqtirmaydi.

Sizdan vaziyatni e’tiborga olishingiz va o‘z ishingizni davom ettirishingiz kutiladi.

Ertaroq ketasiz

Agar ish kuni 9:00 dan 18:00 gacha bo‘lsa, unda bu kompaniyaning hamma xodimlari uchun ham shunday. Siz muntazam ravishda boshqalardan oldinroq ketish bilan o‘zingiz xohlamagan holda nizoli vaziyatni yuzaga keltirasiz.

Agar sizga o‘zingiz uchun alohida ish rejimi kerak bo‘lsa, unda buni rahbariyat bilan muhokama qiling va bu haqda umumiy yig‘ilishda e’lon qilishni so‘rang.

Xatlarga sekinlik bilan javob yozasiz va qaytarib qo‘ng‘iroq qilmaysiz

Agar siz javob yozishni orqaga sursangiz yoki pochtani tekshirishga erinsangiz imkoniyatlarni boy berasiz yoki yoqimsiz taassurot qoldirasiz.

Agar taklif sizni qiziqtirmagan bo‘lsa, unda bu haqda javob yozing. Aks holda salbiy taassurot qoldirasiz va kelgusida siz bilan aloqa qilishni xohlashmaydi.

Qo‘ng‘iroqlar bilan ham xuddi shunday. Kimningdir qo‘ng‘irog‘iga javob berolmagan bo‘lsangiz, qaytarib qo‘ng‘iroq qiling.

Manba: Heroine

Опубликовано: admin (10-11-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 109) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют