» » Xorvatiya va Shveysariya JCh-2018 yo‘lida Gretsiya va Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi

Xorvatiya va Shveysariya JCh-2018 yo‘lida Gretsiya va Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi


JCh-2018 saralashi pley-offining Yevropa mintaqasi doirasidagi 2 uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Gretsiyani qabul qildi. O‘yin xorvatlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar tarkibida Luka Modrich, Nikola Kalinich, Ivan Perishich va Andrey Kramarich greklar darvozasini zabt etgan bo‘lsa, greklarning yagona goli Sokratis Papastatopulos nomiga yozildi.

Gollar: Luka Modrich, 13 - penalti (1:0). Nikola Kalinich, 19 (2:0). Sokratis Papastatopulos, 30 (2:1). Ivan Perishich, 33 (3:1). Andrey Kramarich, 49 (4:1).

Shimoliy Irlandiya hamda Shveysariya uchrashuvi esa shveysariyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol 58-daqiqada “Milan” jamoasi himoyachisi Rikardo Rodriges tomonidan kiritildi.

Gol: Rikardo Rodriges, 58 - penalti (0:1).

Shu tariqa Xorvatiya hamda Shveysariya terma jamoalari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JChga kelish uchun yaxshigina imkoniyat hosil qilib oldi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют