» » Foto: Janubiy Afrikadagi qurg‘oqchilik oqibatlari

Foto: Janubiy Afrikadagi qurg‘oqchilik oqibatlari


Janubiy Afrikadagi G‘arbiy Kap provinsiyasida o‘tgan ikki yil rekord darajada quruq bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic.

Keyptaun hududida yog‘ingarchilik normasi 450 millimetr bo‘lgan holatda 2015-yilning noyabrigacha bu ko‘rsatkich 280 millimetrni tashkil etgan. Keyingi yilda bu ko‘rsatkich 206 millimetrgacha kamayib ketgan.

2017-yilning may oyida hukumat provinsiyani tabiiy ofat hududi, deb ataladi.

Vaziyat keyinchalik ham o‘zgarmadi. JARning bu qismida odatda apreldan sentabrgacha yomg‘ir yog‘adi, biroq bu yili yomg‘ir juda kam kuzatildi: yil boshidan beri bu yerda 135 millimetr yog‘ingarchilik bo‘lgan.

Natijada eng yirik mahalliy suv ombori Tiuotersklufda suv hajmi 27 foizgacha kamaydi, kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Voelvley suv omborida esa bor-yo‘g‘i 28 foiz suv qolgan.

NASA yo‘ldoshlari tomonidan olingan suratlarda Tiuotersklufning 2014 va 2017-yildagi ko‘rinishi ya’ni qurg‘oqchilikkacha va qurg‘oqchilik davridagi holati aks etgan.

Ekspertlar tomonidan tuzilgan jadval, shuningdek, 2013-yildan boshlab suv darajasining tushishini ham aks ettiradi.

Keyptaun hukumati suv iste’moliga qat’iy cheklovlar qo‘ydi. Unga ko‘ra, har bir odam bir kunda 87 litrdan ko‘p suv ishlatishi mumkin emas.

Fuqarolarga dush qabul qilish jarayonini ikki daqiqagacha qisqartirishni va foydalanilgan suvni keyinchalik uy tozalashda ishlatishni tavsiya etmoqda.

Avtomobillarni yuvish va hovlida bolalar uchun basseyn barpo etishga esa yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy shahar darajasida ishlatilgan suvlar qayta ishlashga yuboriladi, shahar hukumati esa yangi suv manbalarini izlamoqda.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют