» » “Sanoatgeokontexnazorat” va “O‘zbekkino” mansabdor shaxslariga nisbatan jazo choralari qo‘llandi

“Sanoatgeokontexnazorat” va “O‘zbekkino” mansabdor shaxslariga nisbatan jazo choralari qo‘llandi


Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 9-noyabr kuni vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning yuridik xizmat xodimlari ishtirokida “Norma ijodkorligi hamda huquqiy axborotni tarqatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjumanda yuridik xizmat xodimlari tomonidan O‘zbekiston qonunlari, O‘zbekiston Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari hamda hukumatning qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqishda hali-hanuz qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelinayotgani, bu esa Prezident hamda hukumatga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va masalalarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishiga to‘sqinlik qilayotganligi ta’kidlandi.

Tadbirda vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish borasidagi ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi aytib o‘tildi.

Shu o‘rinda, ayrim vazirlik va idoralar tomonidan mazkur taqdimnomalar bajarilmagani, shuningdek, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda “O‘zbekkino” Milliy agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan mazkur holat bo‘yicha ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgani ta’kidlandi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют