» » Iroqda IShIDning so‘nggi tayanch nuqtasiga hujum boshlandi

Iroqda IShIDning so‘nggi tayanch nuqtasiga hujum boshlandi


Iroq qo‘shinlari IShID terrorchilik tashkilotining mamlakatdagi so‘nggi tayanch nuqtasiga — Suriya chegarasida yaqinidagi Rava shahriga hujumni boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” Iroq armiyasi qo‘mondonligiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

“Harbiy bo‘linmalar va xalq ko‘ngillilari Rumana hududi va Rava shahrini ozod etish uchun keng ko‘lamli operatsiyalarni boshlab yubordi”, — deyiladi operatsiya qo‘mondoni Abdulamir Yarallaning bayonotida.

Oktabr oyi oxirida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy IShIDning mamlakat hududidagi so‘nggi tayanch nuqtalari — Al-Qaim va Rava shaharlarini jangarilardan ozod etish operatsiyalari boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Harbiylar noyabr oyi boshida Al-Qaim shahrini ozod etdi va Suriya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq, Iroq harbiylarini qo‘llab-quvvatlovchi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroq IShID terrorchilaridan deyarli butunlay ozod etilganini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют