» » ASUS kompaniyasi yangi ZenBook arzon ultrabuklar lineykasini taqdim etdi

ASUS kompaniyasi yangi ZenBook arzon ultrabuklar lineykasini taqdim etdi


ASUS kompaniyasi biryo‘la ikkita — 14 dyuymli displeyli UX430 va 15,6 dyuymli UX530 noutbuklarini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. ZenBook lineykasidagi yangi noutbuklar an’anaviy dizaynda ishlangan — ustiga firmaga xos aylana naqsh tushirilgan metall korpus bilan ta’minlangan.

Yangi lineykadagi kichik model — ZenBook UX430 juda ixcham korpusga ega bo‘ldi. U ko‘k, kulrang, tillarang va pushti korpuslarda chiqariladi. Unda shisha qoplamali tachpad, barmoq izi skaneri va yoritilib turiladigan klaviatura bor. Akkumulyatori 9 soat davomida ishlashga yetadi.

Unga uchinchi avlod Intel Core i3-7100U / i5-7200U / i7-7500U protsessori o‘rnatilgan. 16 gigabaytgacha tezkor va 128/256/512 Gb doimiy xotira bilan jihozlangan. O‘lchamlari 324?225?15,9 mm, og‘irligi 1,25 kilogrammga teng.

Noutbuk Rossiyada 45 990 rubldan sotuvga chiqariladi.

ZenBook UX530 esa shunchaki kichik modelning kattalashtirilgan versiyasidir. U faqat ko‘k va kulrang tuslarda chiqariladi. O‘lchamlari 360?246?16,9 mm, og‘irligi 1,63 kilogrammga teng. Uning narxi Rossiyada 64 990 rubldan boshlanadi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют