» » Qashqadaryoda 1,5 mingga yaqin biometrik pasport egalariga topshirildi

Qashqadaryoda 1,5 mingga yaqin biometrik pasport egalariga topshirildi


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Xonadonlarni o‘rganish jarayonida 758 nafar fuqaroning huquqbuzarlik sodir etgani aniqlanib, ma’muriy tartibda choralar ko‘rildi. Ma’muriy nazorat qonuni ta’siri ostiga tushuvchi 2 nafar ilgari sudlangan shaxsga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi. 

Surishtiruv ishlari davomida olingan ma’lumotlar asosida qidiruvdagi jinoyatchilar yashiringan joylar tekshirilganda JKning 168-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Mirishkor tumani IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan Sh.H qo‘lga olindi. 

O‘rganishlar davomida dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga ta’lim majburiy ekani tushuntirildi. 36 nafar ota-onaga nisbatan hujjat rasmiylashtirilib, sababsiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan 266 o‘quvchi ta’limga qaytarildi. 

Pasport-viza tadbiri doirasida 39 nafar doimiy yoki vaqtincha yashash tartibini buzgan va boshqa qoidabuzarliklar sodir etgan 138 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. 

Viloyat hududida yashovchi 241 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs, 39 nafar xorijiy fuqaro, 32 nafar MDH davlatlaridan kelib vaqtinchalik pasport ro‘yxatidan o‘tib yashayotgan fuqaro tekshirilib, ularga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish, turar joy tanlash tartib-qoidalari tushuntirildi. 

Viloyat hududida doimiy pasport ro‘yxatidan o‘tgan 1239 fuqaro nomiga yangi biometrik pasport rasmiylashtirish uchun elektron talabnoma shakllantirildi. 1456 biometrik pasport o‘z egalariga topshirildi. 188 nafar 16 yoshga to‘lgan birinchi marta biometrik pasport olayotgan o‘smirga ham elektron talabnoma shakllantirildi. 

Опубликовано: admin (13-11-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют