» » Sirdaryoda o‘quvchilarning darsga qatnamayotgani sabab 42 ota-ona va o‘qituvchi ma’muriy javobgarlikka tortildi

Sirdaryoda o‘quvchilarning darsga qatnamayotgani sabab 42 ota-ona va o‘qituvchi ma’muriy javobgarlikka tortildi


Sirdaryo viloyatining 227 ta o‘zini o‘zi boshqarish organida o‘tkazilgan “Profilaktika kuni” tadbiriga 2 mingdan ziyod ichki ishlar xodimi jalb etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Bahodir Karimberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, kun davomida 4 ming 688 xonadonga kirib, oilalardagi vaziyat, aholini qiynayotgan muammolar o‘rganilgan.

Pasport-viza qoidalariga rioya etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, uyni ijaraga berish tartiblari tushuntirildi. Ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turgan shaxslardan 415 nafari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

298 umumta’lim maktabi, 4 akademik litsey va 48 kasb-hunar kollejida davomat o‘rganilib, 95 o‘quvchining turli sabablarga ko‘ra mashg‘ulotlarda qatnashmayotgani aniqlandi. 42 ota-onaga va o‘qituvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga binoan tegishli choralar ko‘rildi.

Tadbirlar davomida 150 dan ortiq huquqbuzarlik holati aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avvalroq sodir etilgan bitta jinoyat fosh etilib, qidiruvda bo‘lgan ikki shaxs ushlandi.

Uzoq muddat xorijga chiqib ketgan 61 va yashash manziliga qaytib kelgan 121 fuqaro va ularning oila a’zolari bilan tegishli tartibda profilaktika ishlari olib borildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют