» » Abdulaziz Komilov Madridda Ispaniya Senati raisi birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Madridda Ispaniya Senati raisi birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi


Madrid shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 14-noyabr kuni Ispaniya Senati raisi birinchi o‘rinbosari Pedro Sanz bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, uchrashuv davomida O‘zbekiston—Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ispaniya Bosh Korteslari o‘rtasida muntazam aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ivestitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Suhbat davomida umumiy kun tartibini aniq mazmun va qo‘shimchalar bilan to‘ldirish hamda o‘zaro munosabatlarga uzoq muddatli tus berishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют