» » Rossiya mudofaa vazirligi videoo‘yin skrinshotlarini e’lon qilishda unvoni yo‘q xodimni aybladi. Va navbatdagi “rad etib bo‘lmas” dalilni namoyish etdi

Rossiya mudofaa vazirligi videoo‘yin skrinshotlarini e’lon qilishda unvoni yo‘q xodimni aybladi. Va navbatdagi “rad etib bo‘lmas” dalilni namoyish etdi


Rossiya mudofaa vazirligi Twitter’dagi sahifasida IShID terrorchilarining suratlari o‘rniga videoo‘yin skrinshotlari e’lon qilinishi bilan bog‘liq holatni tekshirmoqda. Tekshiruv harbiy unvonga ega bo‘lmagan fuqaroviy xodimlardan biriga nisbatan olib borilmoqda, deb xabar beradi Meduza.

Muqaddam mudofaa vazirligi “Qo‘shma Shtatlar tomonidan IShIDning jangga qodir otryadlari ta’minlanayotganining rad etib bo‘lmas dalillari”ni e’lon qilgan edi. Ammo suratlardan biri AC-130 Gunship Simulator: Special Ops Squadron mobil o‘yinidan olingan skrinshot ekani ma’lum bo‘ldi. Matbuotda bu borada xabarlar chiqqanidan so‘ng Rossiya mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlardan ushbu suratlarni o‘chirib tashladi. Endilikda voqea taftish qilinayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shunga qaramay, Rossiya harbiy idorasi AQSh terrorchilarga yordam berayotganini ta’kidlamoqda. Yangi bayonotda 9-noyabr kuni AQSh qo‘mondonligi Abu Kamol shahri yaqinida terrorchilarga zarba berishdan bosh tortgani ta’kidlandi.

Vazirlik, shuningdek, amerikaliklar terrorchilar bilan hamkorlik qilayotganiga yangi “rad etib bo‘lmas” dalillar keltirdi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют