» » Rossiya mudofaa vazirligi AQShning IShID bilan hamkorligiga dalil sifatida videoo‘yin skrinshotini keltirdi

Rossiya mudofaa vazirligi AQShning IShID bilan hamkorligiga dalil sifatida videoo‘yin skrinshotini keltirdi


14-noyabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi Twitter’dagi sahifasida “Qo‘shma Shtatlar tomonidan IShIDning jangga qodir otryadlari ta’minlanayotganining rad etib bo‘lmas dalillari”ni e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ushbu oq-qora suratlar 9-noyabr kuni Suriyadagi Abu Kamol shahri atrofida suratga tushirilgani aytildi.

Conflict Intelligence Team (CIT) tadqiqot guruhi chop etilgan suratlardan biri AC-130 Gunship Simulator: Special Ops Squadron mobil o‘yinidan olingan skrinshot ekanligiga e’tibor qaratdi.

Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan fotoning yuqori o‘ng burchagida Development footage. This is a work in progress. All content subject to change degan yozuvni ko‘rish mumkin. Xuddi shunday yozuv o‘yinda ham chiqadi.

Vazirlik chop etgan suratlarning bir qismi Iroq harbiylari tomonidan 2016-yil sentabrida Fallujada olingan video kadrlaridar. Rolikda IShID jangarilarining hujumi aks etgan.

Matbuotda bu borada xabarlar chiqqanidan so‘ng Rossiya mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlardan ushbu suratlarni o‘chirib tashladi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют