» » Sharof Rashidov memorial muzeyiga qo‘yilgan vagon ichidagi tansoqchi qiyofasidagi qo‘g‘irchoq tanqid ostiga olindi

Sharof Rashidov memorial muzeyiga qo‘yilgan vagon ichidagi tansoqchi qiyofasidagi qo‘g‘irchoq tanqid ostiga olindi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida san’atshunos Tursunali Qo‘ziyev Jizzaxdagi Sharof Rashidov memorial muzeyiga qo‘yilgan, u Xorazmga ketish yo‘lida vafot etgan poyezd vagoni haqida tanqidiy fikr bildirdi.

“Tarixiy vagonni ko‘rgazmaga qo‘yish yomon yechim emas. Shunchaki ekspozitsiyani oxirigacha puxta o‘ylash kerak edi. Kupega joylashtirilgan Sharof Rashidovning tansoqchisi qiyofasidagi qo‘g‘irchoq biroz kulgili. U holda hamma — oshpazlar, hamshira, shifokor, yordamchi, provodnik qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlar ham qo‘yilishi kerak edi”, — deb yozdi Qo‘ziyev.

Shuningdek, olim, o‘sha zamon nafasi ufurib turishi kerak bo‘lgan buyumlar “yaltiratib” qo‘yilganidan ham norozi bo‘ldi. Shunga qaramay, san’atshunos barchani muzeyga tashrif buyurishga chaqirib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Jizzaxdagi memorial muzey Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi oldidan qayta qurib bitkazildi. Qurilish-ta’mirlash ishlari doirasida muzey binosi kengaytirildi, atoqli davlat arbobi va yozuvchining hayot yo‘li va ijodiga daxldor 2 ming 700 dan ortiq eksponat bilan ta’minlandi. Muzey yoniga Sharof Rashidov davlat xizmati chog‘ida foydalangan poyezd vagoni o‘rnatildi. Undagi sharoit va buyumlar asl holicha saqlangan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют