» » Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi

Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi oldidan qayta qurib bitkazilgan memorial muzeyda bo‘lib, bu yerdagi ekspozitsiyalar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA.

Qurilish-ta’mirlash ishlari doirasida muzey binosi kengaytirildi, atoqli davlat arbobi va yozuvchining hayot yo‘li va ijodiga daxldor 2 ming 700 dan ortiq eksponat bilan ta’minlandi.

Muzeyga kiraverishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hech shubha yo‘qki, Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi”, — degan so‘zlari bitilgan. Binoning ichki va tashqi qismi milliy me’morchilik an’analari asosida bezatilib, anjumanlar zalida Sharof Rashidov faoliyatiga doir filmlarni namoyish etish imkoniyati yaratildi.

Muzey yoniga Sharof Rashidov davlat xizmati chog‘ida foydalangan poyezd vagoni o‘rnatildi. Undagi sharoit va buyumlar asl holicha saqlangan.

Muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlar Sharof Rashidovning bolalik davri, talabalik yillari, muharrirlik davri, O‘zbekistonda cho‘l va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, qurilish jarayonidagi faol ishtiroki, ijtimoiy-siyosiy va adabiy faoliyati hamda boshqa mavzularga bag‘ishlangan o‘nta bo‘limga ajratilgan.

Bo‘limlarda atoqli davlat arbobining fotosuratlari, dastxatlari tushirilgan kitoblar, yorqin xotirasiga oid turli buyumlar va boshqa ko‘plab eksponatlar namoyish etilmoqda.

“Muzey Sharof Rashidov haqida to‘liq ma’lumot beradigan, u kishining ruhlarini sezadigan joy bo‘lishi kerak. Bu yerga o‘quvchi-yoshlarning muntazam tashrifini yo‘lga qo‘yib, turli tadbirlar o‘tkazish zarur”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov memorial muzeyi faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikr va taassurotlarini yozib qoldirdi.

Unda shunday so‘zlar bor:

Xalqimizning buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi…

Har qanday murakkab sharoitda ham el-yurtimiz manfaatini o‘ylab yashagan Sharof Rashidovning buyuk xizmatlari xalqimiz xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Bugun Jizzax shahrida ish boshlayotgan Sharof Rashidov memorial muzeyi ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют