» » O‘zbekistonda “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etiladi. Bu medal bilan 30 yoshgacha bo‘lgan faollar taqdirlanadi

O‘zbekistonda “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etiladi. Bu medal bilan 30 yoshgacha bo‘lgan faollar taqdirlanadi


15-noyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Deputatlar majlis davomida “‘Kelajak bunyodkori’ medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

“Kelajak bunyodkori” medalining ta’sis etilishi muhimligi va zarurligini ta’kidlab, deputatlar qayd etdilarki, ushbu medal yoshlarning yuksak marralarga intilishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti yoshlar masalalarini kun tartibiga qo‘yayotgani bejiz emas. Barchaga ma’lumki, bu yil davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ta’kidlaganidek, bizning eng muhim yo‘nalishimiz — bu yoshlar. Ushbu masalani hal etsak — katta o‘zgarishlarga erishamiz. Yoshlar barcha sohalarda faol bo‘lib, yutuqlarga erishayotgani, o‘z faoliyatini takomillashtirishga intilayotgani endilikda yangilik emas. Medalning ta’sis etilishi istiqbolga bo‘lgan davlat e’tiborining yorqin misolidir.

Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Ta’kidlandiki, “Kelajak bunyodkori” medali bilan xalq manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan, yuksak vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib kelayotgan, Vatanning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va shon-shuhratini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar mukofotlanadi.

Bundan tashqari, ushbu medal bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi va qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют