» » Eron hukumati zilziladan jabr ko‘rganlarga 70 mln dollar ajratishga qaror qildi

Eron hukumati zilziladan jabr ko‘rganlarga 70 mln dollar ajratishga qaror qildi


Eron hukumati mamlakatdagi vayronkor zilziladan jabr ko‘rganlarga 70 million dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda prezident Hasan Ruhoniyning matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ijro organlarining tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarga safarlari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari, aholi turar joylariga yetkazilgan zarar haqidagi hisobotlarini tinglab, hukumat a’zolari Kirmonshoh viloyatidagi aziyat chekkan fuqarolarga yordam tariqasida 70 million dollar, vayron bo‘lgan hududlarni tiklashga esa 165 million dollar ajratishga qaror qildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Kirmonshoh viloyati rasmiylariga ko‘ra, zilziladan ko‘rilgan zarar 500 million dollar atrofida baholanmoqda. Viloyatdagi 40 mingga yaqin uy shikastlangan va vayron bo‘lgan.

Tabiiy ofat hududidagi kishilar hozirgacha elektr, ichimlik suvi va birinchi ehtiyoj buyumlarisiz qolmoqda.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют