» » O‘zbekiston Ukrainaga meva-sabzavotlar yetkazib berishni ikki barobar oshirishga muvaffaq bo‘ldi

O‘zbekiston Ukrainaga meva-sabzavotlar yetkazib berishni ikki barobar oshirishga muvaffaq bo‘ldi


O‘zbekiston Ukraina bozoriga meva-sabzavotlar yetkazib berishni ikki barobar oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Ukraina savdo tarmoqlari vakillarining Toshkentda har yili o‘tkaziladigan xalqaro meva-sabzavot yarmarkalarida ishtirok etishi, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi muntazam tashkillab kelayotgan ishbilarmonlar uchrashuvlari shunday natija uchun asos bo‘ldi. 

Jumladan, yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha Silpo, LeSilpo va “ATB” supermarketlariga O‘zbekistondan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

LeSilpo supermarketi boshqaruvchisi Galina Dreytga ko‘ra, o‘zbek mahsulotlari keltirilishi boshlanganidan so‘ng xaridorlar raqiblarini biologik xususiyatlari va ta’m sifati bilan ortda qoldiradigan ekologik toza mahsulot sotib olayotganlarini anglab yetdi. 

Опубликовано: admin (16-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют