» » Shimoliy Kavkaz universiteti oziq-ovqat sanoatida kadrlarni qayta tayyorlash yo‘lida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Shimoliy Kavkaz universiteti oziq-ovqat sanoatida kadrlarni qayta tayyorlash yo‘lida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi


Shimoliy Kavkaz federal universitetining (ShKFU) olimlari oziq-ovqat sanoatida kadrlarni tayyorlash va yuqori texnologik qurilmalarni sohaga yo‘naltirish bo‘yicha O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Oliy ta’lim muassasasining ma’lumotlariga ko‘ra, hamkorlik imkoniyatlari bo‘yicha taklif Rossiya delegatsiyasining O‘zbekiston korxonalariga texnik tashrifi davomida qabul qilingan. “Safarning muhim natijalaridan biri ‘O‘zbekoziqovqatxolding’ xolding kompaniyasi tomonidan sut va oziq-ovqat sanoatida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, sut mahsulotlarining sifati va xavfsizligini yaxshilaydigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish bo‘yicha korxonalarga maslahat berish taklifi bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlashicha, Rossiya delegatsiyasi Toshkent va Samarqanddagi ikkita sut korxonasiga, sut yetkazib beruvchi fermaga hamda Samarqand viloyatidagi quritilgan mevalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan O‘zbekiston — Latviya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurgan.

“O‘zbekiston sut sanoati turli darajadagi 700 dan ortiq korxonalarni o‘zida jamlagan, shu sababli sohadagi mutaxassislarning ilmiy va amaliy tajribalari bilan o‘zaro almashinish biz uchun juda muhim”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют