» » ShHT bosh kotibi Abdulaziz Komilovni 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi

ShHT bosh kotibi Abdulaziz Komilovni 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi


ShHT bosh kotibi Rashid Alimov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda ShHT kotibiyatiga tayanib, UZ24 xabar berdi.

“Siz bilan salkam chorak asr oldin, O‘zbekiston endi mustaqil bo‘lgan boshqa davlatlar kabi jahon maydonlarida o‘zining mustaqil qadamlarini qo‘ya boshlaganida tanishish baxtiga musharraf bo‘lganman. Siz mamlakatingiz tashqi siyosatini shakllantirish arafasida turar edingiz, siz Markaziy Osiyo va uning tashqarisidagi mintaqalar xavfsizligini hamda barqarorligini ta’minlash, tinchlikni mustahkamlash yo‘lida o‘zingizning salmoqli hissangizni qo‘shdingiz”, — deyiladi maktubda.

Alimovning ta’kidlashicha, Abdulaziz Komilov shaxsida “jahon diplomatiyasi yuksak insoniy madaniyatga, ensiklopedik bilimga, milliy manfaatlarni himoya qilish va targ‘ib etishda sheriklarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarga ega bo‘ldi”.

ShHT bosh kotibi Komilovning Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatiga nisbatan bo‘lgan doimiy va diqqatli munosabatiga chuqur minnatdorchilik bildirdi va unga “mustahkam sog‘lik, baxt, bitmas-tuganmas kuch hamda farovon hayot” tilab qoldi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют