» » Sitsiliya mafiyasining “bosslar bossi” 87 yoshida vafot etdi

Sitsiliya mafiyasining “bosslar bossi” 87 yoshida vafot etdi


Sitsiliya mafiya guruhi — “Koza Nostra” yetakchilaridan biri Salvatore (Toto) Riina 87 yoshida Parmada vafot etdi. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda. 

Nashrga ko‘ra, Riina o‘tkazilgan ikki operatsiyadan so‘ng oxirgi kunlarda komaga tushib qolgandi. Salvatore bo‘yi pastligi uchun Pakana laqabini olgan, shuningdek, uni “bosslar bossi” deb ham atashardi.

Mafiozi 1993-yil yanvarida Palermoda qo‘lga olindi. Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Riina 40 kishining o‘ldirilishida shaxsan ishtirok etgani va boshqa ko‘plab odamlarni o‘ldirishga ko‘rsatma bergani aytiladi. 

U Sitsiliyadagi “Cho‘qintirgan ota” filmi orqali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Korleone shahrida tug‘ilib o‘sgandi. 

Опубликовано: admin (18-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют