» » Transparency International: Yer yuzi aholisining deyarli har to‘rtdan biri pora bergan

Transparency International: Yer yuzi aholisining deyarli har to‘rtdan biri pora bergan


Yer yuzi aholisining deyarli har to‘rtdan biri davlat xizmatlari bo‘yicha murojaat etganda pora bergan. Bu haqda Transparency International xalqaro tashkilotining dunyo korrupsiyasi barometri haqidagi hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Rekord ko‘rsatkich Yamanda qayd etildi: bu yerda respondentlarning 77 foizi korrupsiya holatlariga duch kelgan. Keyingi qatorlarda Hindiston (69 foiz), Vyetnam (65 foiz), Meksika (51 foiz), Misr (50 foiz), Sudan va Marokash (48 foiz) qayd etildi.

Ukrainada bu ko‘rsatkich 38, Rossiyada esa 34 foizni tashkil etdi.

So‘rovda ishtirok etganlar politsiyachilar va rasmiylarning saylangan vakillarini eng korrupsiyaga berilgan toifa deb topdi. Respondentlarning 36 foizi ularning bu fikriga qo‘shildi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют