» » Qo‘shko‘pirda o‘n oyda 3,6 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi

Qo‘shko‘pirda o‘n oyda 3,6 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi


Xorazm viloyat soliq xizmati organlari Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda sud hujjatlari asosida soliq qarzlarini undirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Xususan, Qo‘shko‘pir tumanida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sud hujjatlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarning 3,6 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi davlat budjetiga undirildi. Bundan 3 milliard 550 million so‘mi yuridik shaxslar tomonidan o‘z muddatida to‘lanmagan soliqlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarga to‘g‘ri kelsa, 40 million so‘mdan ortiq qismi jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq va mahalliy soliqlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Olib borilgan ishlar natijasida qarzdorliklar 4,7 milliard so‘mga qisqartirilishiga erishildi. Uning 1,8 milliard so‘mi fermer xo‘jaliklari, 300 million so‘mi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, 115 million so‘mi “O‘zavtoyo‘l” konserni tizimidagi korxonalar hamda 113 million so‘mi qishloq xo‘jaligi korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

2015-yilda bankrotlik asosida tugatilgan Qo‘shko‘pir tumanidagi “Pir-Nodir” fermer xo‘jaligi xo‘jaligi rahbariga tegishli Cobalt avtomobili hatlovga olinib, 9,2 million so‘m miqdordagi soliq va boshqa maqsadli jamg‘armalardan bo‘lgan qazdorligi undirib olindi.

Tumandagi “Matrasul Bekchon Elotkom” fermer xo‘jaligi 2016-yilda bankrotlik asosida tugatilgan, biroq mazkur fermer xo‘jaligi rahbari ham shu paytga qadar soliq va boshqa maqsadli jamg‘armalar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagandi. Shu sababli unga tegishli Matiz mashinasi hatlovga olinib, 2,2 million so‘m soliq va boshqa maqsadli jamg‘armalardan bo‘lgan qazdorligi undirildi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют