» » Noma’lum materiya Yerdagi aksilelektronlar manbai deb topildi

Noma’lum materiya Yerdagi aksilelektronlar manbai deb topildi


Xalqaro olimlar jamoasi Quyosh tizimi tashqarisidan Yerga uchib keluvchi pulsarlar ortiqcha pozitronlar manbai emasligini aniqladi. Tegishli tadqiqot Science jurnalida e’lon qilindi, deb xabar beradi EurekAlert!.

Meksikada HAWC (High Altitude Water Cherenkov Observatory) gamma-observatoriyasida o‘tkazilgan kuzatishlar natijasida Geminga hamda PSR B0656+14 pulsarlaridan Yerga qadar yetarlicha pozitronlar uchib kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Avvallari ushbu obyektlar 2008-yilda birinchi bor aniqlangan atmosferaning yuqori qatlamlaridagi ortiqcha pozitronlarning manbai deb hisoblanib kelinar edi.

Olimlarning hisoblashicha, Geminga hamda PSR B0656+14 pulsarlar radiatsiyasini, jumladan, pozitronlarni yutuvchi materiya buluti bilan qoplangan. Mutaxassislar Yerga keluvchi ortiqcha pozitronlarning manbai nima ekanligini bilmaydi. Aksilelektronlarning mavjudligi qora materiyaga bog‘liq bo‘lishi istisno qilinmadi.

Gipotetik qora materiya gravitatsion o‘zaro ta’sirda ishtirok etadi, elektromagnit ta’sirda emas. Koinot massasining to‘rtdan bir qismini u tashkil etadi. Olimlar qora materiyani tashkil etuvchi zarralar haqida ma’lumotga ega emas.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют