» » Xitoylik talaba 46 kg oltinni naqd pulga almashtirdi. Pullarni esa soxta politsiyachilar olib ketdi

Xitoylik talaba 46 kg oltinni naqd pulga almashtirdi. Pullarni esa soxta politsiyachilar olib ketdi


Xitoylik talaba 46 kilogramm oltinni 1,6 millon dollarga almashtirish uchun Yaponiyaga keldi. U o‘z do‘sti bilan pul solingan chamadonni olib, zargarlik do‘konidan chiqqach, ularni politsiya kiyimidagi uch kishi to‘xtatgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot xodimlari pullar solingan sumkani musodara qilib, voqea joyidan yashiringan, deb yozmoqda TJournal.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, pullarni haqiqiy politsiyachilar emas, balki ularning kiyimidagi noma’lum shaxslar olib ketgan. Yaponiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari jinoiy ish qo‘zg‘agan va gumonlanuvchilarni izlamoqda. Biroq yapon politsiyachilarini xitoylik talabaning shuncha oltinni qayerdan olgani qiziqtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Yaponiyada jinoiy guruhlar tomonidan oltinga talab ko‘p va noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatga olib kiriladi. Bundan tashqari, mamlakatda oltin savdosi uchun besh foizdan sakkiz foizgacha bo‘lgan soliq mavjud. Xitoyda bunday soliq yo‘q. Shuning uchun oltinni Xitoydan soliqsiz sotib olish va Yaponiyada sotish yaxshigina daromad ishlab olishga imkon beradi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 40) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют