» » So‘rov: Putinning asosiy kamchiligi — u oddiy fuqarolar haqida qayg‘urmasligida

So‘rov: Putinning asosiy kamchiligi — u oddiy fuqarolar haqida qayg‘urmasligida


Rossiya prezidenti Vladimir Putin oddiy fuqarolar haqida qayg‘urmaydi, odamlar qanday yashashini bilmaydi, va oddiy odamlar haqida unutib qo‘ygan. Rossiyaliklarning 15 foizi ana shunday fikrda ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “RBK” “Levada markaz” tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib.

So‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, bu prezidentning eng asosiy salbiy jihatidir. Rossiya yetakchisining ikkinchi kamchiligi shundaki, u vazirlarga nisbatan o‘ta muloyim hamda o‘z atrofidagilari irodasiga bo‘ysunadi. So‘rov ishtirokchilarining 10 foizi shunday fikr bildirdi. Ularning yana 7 foizi Putinni korrupsiya bilan yetarlicha shafqatsiz tarzda kurashmayotganlikda va “o‘z atrofida o‘g‘rilarni kuchaytirganlikda” ayblamoqda.

Rossiyaliklarning 6 foizi Putin ko‘p gapirib, kam ish qiladi, shuningdek, “va’dalarini bajarmaydi, hazil bilan qutuladi va aldaydi” degan fikrda. 33 foiz rossiyaliklar esa prezidentning qandaydir kamchiligini eslashga qiynaldi.

Putinning ijobiy jihatlariga kelganda, rossiyaliklar uning qat’iyatliligi va mardligini (19%), u olib borayotgan, mamlakatni G‘arbdan himoya qiladigan tashqi siyosatni (18%), prezidentning siyosatdagi tajribasini (16%), aqli, o‘qimishliligi, madaniyatini (15%) ajratib ko‘rsatdi. Jami 4 foiz rossiyaliklar prezidentni vatanparvarligi uchun, 3 foizi mantiqiyligi uchun, 2 foizi esa — Qrimni qaytarganligi uchun qadrlaydi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют