» » Bahriddin Chustiy “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchun taomnomalar tayyorladi (foto)

Bahriddin Chustiy “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchun taomnomalar tayyorladi (foto)


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida bort tanovuli uchun taomlar prezentatsiyasi davom etmoqda. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Bu safar yo‘lovchilar uchun bort tanovuli tamolari konsepsiyasini SalSal restorani taqdim etdi.

Mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy bir necha xil menyu tayyorladi.

SalSal restorani taqdim etgan taomlarning o‘ziga xosligi O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi ovqatlanish madaniyatini har xil versiyalarda taqdim etish g‘oyasi bo‘ldi. Surxondaryocha salat, qo‘qoncha shashlik va holva, Qashqadaryoga xos ko‘zachali go‘sht, Buxoro shirinliklari, Samarqand quruq mevasi solingan shirinliklar, Buxorocha lo‘lakabob va hokazo.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” vakillari ayniqsa to‘qqiz xildagi kichik hajmli nonlarga qiziqish bildirdi. Har bir ko‘rinishdagi non O‘zbekistonning muayyan viloyatiga xosdir.

Jami SalSal restorani biznes-klass, ekonom-klass, bolalar tanovuli va ikki soatgacha bo‘lgan qisqa reyslar tamaddisi uchun uch xildan taomnoma taqdim etdi. Pishloqlardan tashqari, 57 nomdagi taomlar taklif qilindi.

Aviatashuvchi mutaxassislari bort tanovuli talablariga javob beradigan menyularni tanlab olish maqsadida Bahriddin Chustiy bilan maslahatlashuvlarni davom ettirmoqda.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют