» » WP: AQSh Suriya shimolida yangi hukumat organini tuzmoqchi

WP: AQSh Suriya shimolida yangi hukumat organini tuzmoqchi


AQSh hukumati Suriya shimolida yangi mahalliy boshqaruvni yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Washington Post ismi oshkor etilmayotgan amerikalik mansabdorga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Ma’lum qilinishicha, AQShning Suriyadan keskin chiqib ketishi Suriya prezidenti Bashar Asadga mamlakat hududini egallab olishni yakunlash va uning siyosiy omonligini kafolatlashda yordam bergan bo‘lardi.

Bunday variant Suriyaning eng yaqin ittifoqdoshi bo‘lmish Eron uchun g‘alabaga aylanadi, deyiladi xabarda.

“Bunday natijaga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQSh rasmiy shaxslari Amerika qo‘shinlarining shimoliy Suriyada (u yerda amerikaliklar Suriya demokratik kuchlarini tayyorlagan va ularga IShIDga qarshi kurashda yordam bergan edi)gi ishtirokini saqlab qolish va u yerda Asad hukumatidan boshqa, yangi mahalliy boshqaruv yaratishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi”, — deb yozadi nashr.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют