» » Bashar Asad Tramp ma’muriyati bilan hamkorlik imkoniyatini hozircha ko‘rmayapti

Bashar Asad Tramp ma’muriyati bilan hamkorlik imkoniyatini hozircha ko‘rmayapti


Suriya prezidenti Bashar Asad, terrorizmga qarshi kurashdagi umumiy vazifalarga qaramay, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan hamkorlik imkoniyatini ko‘rmayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi. 

Bashar Asad, shuningdek, AQSh harbiy xizmatchilarining Suriyada bo‘lib turishi mamlakati IShID ustidan g‘alaba qozonishda yordam bermasligini bildirdi.

Biz bu yordam beradi, deb o‘ylamaymiz. Ular nima qilmoqchi, IShIDga qarshi kurashadimi? Amerikaliklar deyarli barcha urushlarni boy bergan. Ular Iroqda mag‘lubiyatga uchradi, oxiri qo‘shinlarini olib chiqishga ham majbur bo‘ldi. Hatto Somalida ham shunday bo‘ldi. Vyetnam va Afg‘oniston haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Bashar Asad, Suriya prezidenti

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют