» » “Yuventus” o‘tgan mavsum “Barselona”ni nima qilgan bo‘lsa, kataloniyaliklar bu mavsum shuni qaytardi

“Yuventus” o‘tgan mavsum “Barselona”ni nima qilgan bo‘lsa, kataloniyaliklar bu mavsum shuni qaytardi


Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidan qat’iy nazar, Kataloniyaning “Barselona” klubi uni peshqadam sifatida yakunlaydigan bo‘ldi.

Bu borada “Barselona” va “Beshiktosh” klublarining yurishi bir-biriga o‘xshab ketdi. Ular 1-davraning barcha o‘yinida zafar quchdi va 2-davradan boshlab duranglarga rozi bo‘la boshladi. Bu esa peshqadamlik uchun kifoya qildi.

O‘tgan mavsum Turinning “Yuventus” klubi “Barselona”ni chorak finalda qoldirib ketgandi. O‘z maydonida kataloniyaliklar darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan “Yuventus”, safarda 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Ernesto Valverde boshqaruvida “Barselona” xuddi shu ishni takrorladi. “Kamp Nou”da “Yuventus” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan Ispaniya grandi, javob o‘yinida golsiz durangga rozi bo‘ldi va peshqadamlikni o‘zi uchun kafolatladi.

“Yuventus”ning pley-offga yo‘l olish masalasi kelasi turda hal bo‘ladi. 5-dekabr kuni turinliklar Gretsiyada “Olimpiakos” mehmoni bo‘ladi, “Barselona” esa o‘z maydonida “Sporting”ni qabul qiladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“D” guruhi. 5-tur o‘yinlari

22-noyabr, chorshanba

Gollar: Bas Dost, 40 (1:0). Bruno Sezar, 43 (2:0). Bas Dost, 66 (3:0). Vadis Odjija, 86 (3:1).

Опубликовано: admin (23-11-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют