» » Tesla Xitoyda ikkinchi elektr quvvatlash shoxobchasini ochdi

Tesla Xitoyda ikkinchi elektr quvvatlash shoxobchasini ochdi


Elektr avtomobillarni ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyaning dunyodagi ikkinchi yirik elektr quvvatlash shoxobchasini ishga tushirdi. U Shanxay markazidagi shoxobcha bilan bir xil va bir vaqtda 50 ta mashinani quvvatlay oladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Tesla vakillarining ta’kidlashicha, bir oy ichida ikkita bunday yirik obyektning ishga tushirilishi kompaniyaning xitoy bozoriga qiziqishini va uning avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha strategik rejalarining ustuvor holatini ko‘rsatadi. Ayni vaqtda Tesla Xitoyning 170 ta shahrida 800 ta quvvatlash shoxobchasini qurgan. Joriy yilning oxirigacha bu ko‘rsatkichning 1000 taga chiqishi kutilmoqda.

Xitoy kompaniyaning asosiy bozorlaridan biri hisoblanadi. Joriy yilning uchinchi choragida XXRdagi savdo 79 foizga o‘sgan va yillik hisobda 563 million dollarga yetgan. Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, bu kompaniya tomonidan dunyo bo‘yicha olingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadning beshdan bir qismini tashkil qiladi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют