» » O‘zbekistondagi har bir mehmonxonada Qur’on, joynamoz va qibla ko‘rsatgichi bo‘ladi

O‘zbekistondagi har bir mehmonxonada Qur’on, joynamoz va qibla ko‘rsatgichi bo‘ladi


O‘zbekistondagi har bir mehmonxonada 2018-yil 1-yanvardan boshlab Qur’oni karim, joynamoz va qibla ko‘rsatgichi bo‘lishi lozim. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi mehmonxonalar faoliyatini tartibga soluvchi yangi davlat standartlarini ishlab chiqqan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangi talablarga muvofiq, mamlakatdagi har bir mehmonxonada umumiy xonalar sonining o‘ndan birida Qur’oni karim, ibodat qilish uchun joynamoz bo‘lishi, xonalarning kamida 30 foizida esa qibla ko‘rsatgichi bo‘lishi shart.

Diniy idoraning alohida qayd etishicha, ushbu yangi talablar O‘zbekistonda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, tashrif buyurayotgan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida namozxona ochilgani haqida xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют