» » Hukumatda tayinlovlar va o‘zgarishlar kuni. Asosiy ma’lumotlar

Hukumatda tayinlovlar va o‘zgarishlar kuni. Asosiy ma’lumotlar


Hukumat tarkibida yangi komplekslar tashkil etilgan, ba’zi komplekslar nomi o‘zgargan. Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi o‘rinbosar Ochilboy Ramatov, o‘rinbosarlar Alisher Sultonov va Tanzila Norboyevaning vazifalari o‘zgarmaganini ko‘rish mumkin.

Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qilayotgan kompleks nomi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari deb o‘zgartirildi. Ayni vaqtda, Qo‘chqorov Moliya vazirligi rahbari etib tayinlandi. Nodir Otajonov va Zoyir Mirzayev rahbarlik qilayotgan komplekslar nomi, mos ravishda, Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi deb o‘zgartirildi.

Yangi joriy etilgan kompleks (bosh vazir o‘rinbosari lavozimi)lardan biri — Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksiga Suhrob Xolmurodov rahbar etib tayinlandi; u bahordan beri O‘zmilliybankka rahbarlik qilib kelgan. Ikkinchi yangi bosh vazir o‘rinbosari lavozimi — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari o‘rniga kim tayinlangani hozircha noma’lum. Avval bu masalalarni bevosita bosh vazirning o‘zi tartibga solardi.

2011-yildan beri Iqtisodiyot vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Galina Saidova, “Kommersant.uz”ning yozishicha, iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini 2016-yil dekabridan beri moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan Botir Xo‘jayev egalladi. Botir Xo‘jayevdan bo‘shab qolgan Moliya vazirligi rahbari lavozimiga, yuqorida qayd etilganidek, Jamshid Qo‘chqorov tayinlangan.

Shuningdek, tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga, “Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, Hisob palatasi raisi birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev tayinlangan. Qayd etish joiz, 2005—2006-yillar va 2010—2012-yillarda Tashqi ishlar vazirligiga rahbarlik qilganini hisobga olmasa, G‘aniyev 1997-yildan beri hukumatda taqshi iqtisodiy aloqalar uchun mas’ul edi.

Qayd etib o‘tilganidek, O‘zmilliybank rahbari Suhrob Xolmurodov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Uning o‘rniga 2016-yil oktabridan beri “O‘zsanoatqurilishbank”ni boshqarib kelayotgan Alisher Mirsoatov tayinlangan. Mirsoatov O‘zSQBga rahbar etib tayinlanguniga qadar — 1996-yildan beri O‘zmilliybankda ishlab kelardi.

“O‘zsanoatqurilishbank”ga kim rahbar etib tayinlangani haqida hozircha axborot yo‘q.

“Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Innovatsion rivojlanish vazirligi (yoki Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi), Innovatsion rivojlanishi va novatorlik g‘oyalari fondi hamda Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etiladi. Dastlabki ikki tuzilma faoliyati Suhrob Xolmurodov rahbarlik qiladigan kompleks tomonidan tartibga solinadi, mudofaaga aloqador yangi tuzilmaga esa bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonovning kompleksi mas’ul etib belgilanadi.

Bu yangi idora va tashkilotlar aynan qachon ish boshlashi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq ulardan kamida bittasiga rahbar tayin bo‘lib ulgurgan: Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Ibrohim Abdurahmonov yangi tashkil etiladigan vazirlikni boshqaradi — buni uning o‘zi “Kun.uz”ga ma’lum qilgan. Asli chustlik Abdurahmonov 1997-yili O‘zMUni, 2001-yili esa Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют