» » O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarlari oltitadan sakkiztaga ko‘paydi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarlari oltitadan sakkiztaga ko‘paydi


Vazirlar Mahkamasi tarkibida ikkita yangi bosh vazir o‘rinbosari lavozimlari joriy etildi. Bu haqdagi qaror 27-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” hukumatdagi manbalarga asoslanib. Shunday qilib, bosh vazir o‘rinbosarlari soni, birinchi o‘rinbosarni ham qo‘shib hisoblaganda, oltidan sakkiztagacha ko‘paydi.

Suhrob Xolmurodov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi. Xolmurodov 2017-yil martidan beri O‘zbekiston Milliy bankiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Kompleks rahbari yangi tashkil etiladigan Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash fondi faoliyatini ham tartibga soladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Moliya vazirligi rahbariga aylandi, o‘z navbatida uning hukumatdagi lavozimi bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bo‘lib o‘zgardi.

Moliya vazirligining avvalgi rahbari Botir Xo‘jayev iqtisodiyot vaziriga aylandi, u ushbu lavozimda vazirlikni 2011-yildan beri boshqarib bergan Galina Saidovaning o‘rnini egalladi.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimi joriy etilgan. Bungacha mazkur masalalar bevosita bosh vazir nazoratida edi. Hozircha bu lavozimga kim tayinlangani haqida axborot yo‘q.

Nodir Otajonov (“O‘zagrotexsanoatxolding” boshqaruvi raisi) va Zoyir Mirzayev (qishloq va suv xo‘jaligi vaziri) rahbarlik qilgan komplekslar nomi, mos ravishda, Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi deb o‘zgartirildi. Nomi zikr etilgan birinchi kompleks yangi tashkil etiladigan O‘zbekiston Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soladi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют