» » Olimlar ichki o‘t o‘chirgichga ega akkumulyatorni yaratdi

Olimlar ichki o‘t o‘chirgichga ega akkumulyatorni yaratdi


Yaponiyaning Tokio universiteti olimlari akkumulyatorlarning yonib ketish muammosiga yechim topdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Ular batareyalarni ichki o‘t o‘chirgich vazifasini bajaruvchi elektrolit bilan jihozladi.

Akkumulyatorlarning yonib ketishi muammosi Samsung Galaxy Note 7 smartfoni chiqarilganidan keyin dolzarb bo‘lib ketdi. Ishlab chiqarishdagi mayda og‘ishlar ham batareyalarning bevosita foydalanuvchilar qo‘lida yonib ketishiga olib kela boshladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar odatiy hajmdagi akkumulyatorga ko‘proq quvvat solishga uringanida yonib ketish xavfi oshadi.

Oddiy akkumulyatorlarni ishlab chiqarishda suyuq elektrolit ishlatiladi. Agar xuddi shunday yonmaydigan material qo‘llanilsa, batareyaning yonib ketishiga nuqta qo‘yish mumkin. Ammo bunday eletrolitdan foydalanish batareya mahsuldorligini pasaytirishi mumkin edi.

Olimlar o‘z tanlovini o‘ziga xos “o‘t o‘chirgich” trimetilfosfat organik erituvchida to‘xtatdi. Yangi akkumulyatorlar ekspluatatsiyada o‘zlarini yaxshi ko‘rsatdi va hatto qayta zaryadlashning 1000 ta siklidan keyin ham ko‘rsatkichlarini saqlab qoldi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют