» » LG Twin Wash kir yuvish mashinasi – ikkita narsa bittada

LG Twin Wash kir yuvish mashinasi – ikkita narsa bittada


LG Electronics O‘zbekiston bozorida yangi, bitta korpusda ikkita barabanli LG Twin Wash kir yuvish mashinasini taqdim etdi. Yangi model noyob dizaynda ishlab chiqilgan bo‘lib, qator noodatiy jihatlarga ega.

Ikkita barabanga ega bo‘lgani holda, asosiy mashinada katta yuklama bilan ikkita kir yuvish jarayonini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi – 17 kilogramm va maxsus kichik yuklamali Twin Wash Mini– 3,5 kilogramm. Katta barabanda yuvish qiyin bo‘lgan kiyim uchun kuchli kir yuvishni yoqish mumkin, kichigi esa bu vaqtda muhim narsalarni ehtiyotkorlik bilan yuvadi.

Twin Wash ikki barobarga ko‘proq vaqtni tejash imkonini beradi. Rangli yoki qora kiyimni yuvish jarayonini kutish, so‘ng barabanni oq kiyimlar bilan to‘ldirishga hojat yo‘q. Twin Wash Mini’ni ajratib olish uchun hech qanday qo‘shimcha joy talab etilmaydi, u asosiy kir yuvish mashinasi tagiga qulaylik bilan joylashadi, bu yangi kompakt Slim DD invertorli motori hisobidan ham yuz beradi, u oddiylaridan 40 foizga kichikroq.

Slim DD kir yuvish mashinasiga oltita harakatlar turi kombinatsiyasini turli mato turlari uchun ishlatish imkonini beradi. Bunda ichki kiyimlar, nozik mato yoki maxsus materialga qaralmaydi.

Yangi kir yuvish mashinasi tebranishining hayratlanarli darajadagi pastligiga avtomobil tirgaklari ishi prinsiplariga asoslangan noyob amortizatsiya tizimi yordamida erishiladi.

Innovatsion dizayn, ikkita barabanning borligiga qaramay, katta joyni egallamaydi. Kukun va konditsioner uchun barcha bo‘linmalar panellar ostida yashirilgan, ularni surish shart emas. Asosiy kir yuvish mashinasining eshigi barabanga integratsiyalashgan hamda ortiqcha harakatlarni qilmay turib, displey yordamida ochiladi.

Ko‘rsatilgan yangiliklar va funksiyalar boshqa modellarda muvaffaqiyatli ekanini isbotladi hamda yangi LG Twin Wash kir yuvish mashinalari, vaqtni tejash va qulaylik evolyutsiyasida navbatdagi bosqichni boshlab beradi.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (29-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют