» » Kasperskiy josuslikda ayblangudek bo‘lsa, o‘z biznesini Rossiyadan olib chiqib ketishga tayyor ekanligini bildirdi

Kasperskiy josuslikda ayblangudek bo‘lsa, o‘z biznesini Rossiyadan olib chiqib ketishga tayyor ekanligini bildirdi


“Kasperskiy laboratoriyasi” asoschisi Yevgeniy Kasperskiy Londonda bo‘lib o‘tgan brifingda mijozlar ortidan josuslik qilayotgani borasida so‘rov olgudek bo‘lsa, o‘z biznesini Rossiyadan olib chiqib ketishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.

Kasperskiyning ta’kidlashicha, Rossiya maxsus xizmatlari hech qachon unga g‘arb foydalanuvchilari ortidan kuzatish borasida murojaat qilmagan. “Agarga rus hukumati mening yoki hamkasblarimning yoniga kelib noqonuniy ishni bajarishni talab qilsa, men biznesimni Rossiyadan olib chiqib ketaman”, — dedi u.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, “Laboratoriya” hech qachon Rossiya yoki boshqa mamlakat maxsus xizmatlariga yordam ko‘rsatmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq ommaviy axborot vositalari va amerikalik rasmiylar “sunami” singari kompaniyani “o‘z domiga tortgan” asossiz bayonotlar bilan chiqqan.

2017-yilning bahorida AQSh “Kasperskiy Laboratoriyasi”ni Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqasi borlikda gumonlayotgani ma’lum bo‘lgandi. Kompaniyaning o‘zi bu kabi xabarlarni inkor etgan. Sentabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati amaldorlarga o‘z kompyuterlaridan rus dasturchisining har qanday softlarini o‘chirib tashlashni buyurgan.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют