» » Yagona portalda davlat notariuslari qabuliga onlayn yozilish xizmati ishga tushirildi

Yagona portalda davlat notariuslari qabuliga onlayn yozilish xizmati ishga tushirildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat notariuslari qabuliga onlayn yozilish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Xizmatdan butun O‘zbekiston bo‘ylab jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. Qabulga yozilish uchun xizmat turi, sana, aniq vaqt, notarial kontora va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan shakl to‘ldirilishi lozim.

Murojaatchi belgilangan vaqtda kelmagan taqdirda qabul umumiy tartibda amalga oshiriladi yoki boshqa vaqtga ko‘chiriladi. Belgilangan vaqtini boshqa shaxsga o‘tkazish mumkin emas.

Adliya vazirligi xususiy notariuslarga qabul uchun onlayn yozilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotgani bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют