» » Toshkentda “Xakaton Open Data Challenge 2017” tanlovi boshlandi

Toshkentda “Xakaton Open Data Challenge 2017” tanlovi boshlandi


Toshkent shahridagi Inha universitetida 29-noyabr kuni Open Data Challenge ilovalarni ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ishlab chiqish bo‘yicha tanlovining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Uzinfocom tomonidan tashkil etildi.

Open Data Challenge — ochiq hukumat ma’lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa bo‘lib, u O‘zbekiston uchun nisbatan yangi bo‘lgan ochiq ma’lumotlar g‘oyasini targ‘ib etishga qaratilgan.

Open Data Challenge xakatoni 30-noyabrdan 3-dekabrgacha ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. 30-noyabr va 1-dekabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan 400 dan ziyod ishtirokchilar mahorat maktablari va seminarlarda ishtirok etadi. Ushbu tadbirlar davomida ishtirokchilar malakali mutaxassislar dizayn-fikrlash, jamoalarni shakllantirish, Python tili asosida ma’lumotlarni tahlil etish, Lean Startup va Customer Development metodologiyasi, blokcheyn va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют