» » Toshkent shahridagi Inha universitetida “Harakatlar strategiyasi” xonasi ochildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Harakatlar strategiyasi” xonasi ochildi


13-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” xonasi ochilishining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Strategiya xonasi 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish va ommaviylashtirishda yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, hamda yosh avlodni mamlakatning ijtimoiy hayotiga kengroq jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida IUT ma’muriyati, Markaz vakillari, talabalar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

“Harakatlar strategiyasi” xonasi talabalarni ko‘ngillilar guruhi qatoriga jalb qilish bilan, ko‘ngillilar esa “Harakatlar strategiyasi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga axborot ko‘magi ko‘rsatish, so‘rovnomalar o‘tkazish yo‘li bilan jamoat fikrini o‘rganish, seminar va treninglar tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют