» » Bugun JCh—2018 uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va unda Rossiya prezidenti Putin ham qatnashadi

Bugun JCh—2018 uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va unda Rossiya prezidenti Putin ham qatnashadi


15-noyabr kuni 2018-yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etuvchi barcha — 32 terma jamoa nomi ma’lum bo‘lgandi. Bugun — qishning ilk kunida mundialga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qur’a marosimi JCh—2018 mezboni bo‘lgan Rossiyaning o‘zida, Moskva shahridagi Kreml saroyida kechadi. Unda futbol dunyosining eng oldi insonlari qatorida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zi ham ishtirok etadi. Umumiy hisobda Kreml saroyiga 1300 dan ziyod mehmonlar taklif etilgan.

Reglamentga ko‘ra, qur’a davomida 1 ta qit’aning ikki jamoasi guruh bosqichidayoq bir-biriga raqib bo‘lmaydi. Faqatgina Yevropa qit’asi termalari bundan mustasno. Shunda ham, 1 ta guruhda Yevropaning 2 tadan ortiq vakili bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishtirokchi 32 mamlakat allaqachon savatchalarga bo‘lib qo‘yilgan. Ma’lumki, 1 ta savatdan joy olgan mamlakatlar guruh bosqichida bir-biri bilan to‘qnash kelmaydi.

1-savat: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya;

2-savat: Ispaniya, Peru, Shveysariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya;

3-savat: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron;

4-savat: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.

Qur’a marosimi Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют