» » JCh—2018 qur’asini ko‘rish istagidagi eronliklar boshlovchi Mariya Komandnayadan ochiq kiyinmaslikni o‘tinmoqda

JCh—2018 qur’asini ko‘rish istagidagi eronliklar boshlovchi Mariya Komandnayadan ochiq kiyinmaslikni o‘tinmoqda


JCh—2018 qur’a tashlash marosimini Gari Lineker hamda rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya olib borishi aytilgandi. Marosim boshlanishiga bir necha soat qolgan bir paytda Mariya Komandnaya o‘z Instagram sahifasiga navbatdagi suratini joyladi.

Surat bir chetda qolib, unga izoh yozayotgan eronlik futbol muxlislari mavzusi asosiy planga chiqdi. Gap shundaki, forslar Mariya Komandnayadan qur’a tashlash marosimiga ochiq kiyinib chiqmaslikni so‘ray boshladi. Agar bu hol ro‘y bersa, Eron televideniyesi qur’a marosimini uzib qo‘yishi katta ehtimol.

Eron milliy terma jamoasi Rossiya—2018 chiptasini Braziliyadan keyin qo‘lga kiritib, ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgandi. Ya’ni, Osiyo mamlakatlari orasidan birinchi bo‘lib eronliklar bu missiyani uddalay oldi. Ayni paytda mahalliy muxlislar qur’ada Karlush Keyrush boshqaruvidagi Eronga kim raqib bo‘lishini intizorlik bilan kutib turibdi va ular Moskvadagi marosimni jonli ko‘rishdan umidvor.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют