» » Agung vulqoni Balidagi hayotni to‘xtatib qo‘ymadi (foto)

Agung vulqoni Balidagi hayotni to‘xtatib qo‘ymadi (foto)


Agung tog‘idagi vulqon uyg‘onganiga qaramasdan, Indoneziyaning Bali orolida hayot qaynamoqda, deb yozadi “Metronews.ru”.

Dunyoga mashhur fotoagentliklar vulqon fonida suratga tushish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmayotgan mahalliy aholining fotosuratlarini chop etmoqda. Shuningdek, orolda o‘z hordig‘ini davom ettirayotgan yoki uchib ketish uchun samolyot kutayotgan sayyohlar ham vulqonni xavfsiz masofadan turib suratga olmoqda.

Balidagi “Ngurax-Ray” xalqaro aeroporti 29-noyabr kuniyoq o‘z ishini qayta tikladi, u yerdan yana havo kemalari uchib ketmoqda.

Balidagi favqulodda vaziyat rejimi mahalliy hukumat qarori bilan 10-dekabrgacha uzaytirildi, chunki u yerda hamon kul otilish xavfi saqlanib qolmoqda.

Kraterdan 10 km radiusdagi hudud xavfli zona deb e’lon qilingan. Unga yondosh tumanlardan 43 ming aholi evakuatsiya qilingan. U yerda jami 100 mingga yaqin kishi bor.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют