» » Zimbabve prezidenti yangi hukumatni shakllantirdi

Zimbabve prezidenti yangi hukumatni shakllantirdi


Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva hukumatning yangi a’zolarini tayinladi. Bu haqda 30-noyabr, payshanba kuni ZBC davlat telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Bungacha kiberxavfsizlik va tahdidni aniqlash vaziri lavozimini egallagan Patrik Chinamasa Moliya va iqtisodiy taraqqiyotning yangi vaziri bo‘ldi. General Sibusiso Moyo tashqi siyosat boshqarmasi rahbarligiga tayinlandi. Sobiq makroiqtisodiy rejalashtirish va investitsiyalarni rivojlantirish vaziri endilikda prezident vazifalari va hukumat dasturlari monitoringi bo‘yicha vazir lavozimini egallaydi.

Sobiq prezident Roberte Mugabe davrida davlat xavfsizligi boshqarmasi vaziri bo‘lgan Kembo Moxadi Mudofaa vazirligining yangi vaziri bo‘ldi.

Telekanal saytida chop etilgan ro‘yxatda mahkamaning yangi 22 vaziri, shuningdek, olti o‘rinbosar va alohida provinsiyalar bo‘yicha 11 nafar vazir bor.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют