» » Amerikaning “Yil avtomobili” tanlovi finaliga birorta ham “nemis” mashinasi chiqa olmadi (foto)

Amerikaning “Yil avtomobili” tanlovi finaliga birorta ham “nemis” mashinasi chiqa olmadi (foto)


“Shimoliy Amerikaning yil avtomobili” tanlovining tashkilotchilari finalga yo‘l olgan avtomobillar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda tanlovning rasmiy saytiga asoslanib, “Motor” xabar berdi.

Ro‘yxatdan 9 ta model o‘rin olgan bo‘lib, ularning birortasi nemis avtomobilsozlari tomonidan ishlab chiqarilgan emas. Audi, BMW, Porsche va Volkswagen kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning modellari finalga qadar yetib kela olmadi.

G‘oliblar uchta yo‘nalish bo‘yicha tanlab olinadi: “Eng yaxshi yengil avtomobil”, “Eng yaxshi krossover va miniven”, shuningdek, “Eng yaxshi pikap va yo‘ltanlamas”. Finalga yo‘l olgan modellarning suratlari:

Honda Accord

Kia Stinger

Toyota Camry

Alfa Romeo Stelvio

Honda Odyssey

Volvo XC60

Chevrolet Colorado ZR2

Ford Expedition

Lincoln Navigator

Опубликовано: admin (1-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют